Home Elchi tabrik so’zi
Assalomu alaykum.
Koreya Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yon bo’laman. Elchixona veb-saytiga xush kelibsiz!
Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan Oʻzbekiston Buyuk Ipak yoʻlining uzoq tarix va anʼanalarini oʻzida saqlagan davlat boʻlib, 180 mingga yaqin koreys diasporasi yashab kelayotganz ushabu mamlakat Koreya bilan tarixiy va madaniy oʻxshashliklarga ega boʻlgan anʼanaviy doʻstona mamlakatdir.
1992-yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon Koreya va O‘zbekiston o‘rtasida turli sohalarda, jumladan, siyosat, iqtisodiyot, jamiyat, madaniyat, fan-texnika sohasidagi hamkorlik jadal rivojlanib bormoqda. Xususan, diplomatik munosabatlar oʻrnatilganidan buyon ikki davlat rahbarlari oʻrtasida 17 marta boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muloqotlar va uning samarasi oʻlaroq toʻplangan oʻzaro ishonch dunyoning barcha mamlakatlari havas qiladigan aka-ukalardek yaqin munosabatlarni oʻrnatish uchun asos boʻldi.
Ana shu ishonchdan kelib chiqib, Prezident Yun Sok Yolning 2024-yil iyun oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida ikki davlat rahbarlari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi «alohida strategik sheriklik»ni chuqurlashtirish va uni kelajakka yo‘naltirilgan holda rivojlantirishga kelishib oldilar.
Iqtisodiy sohada ikki davlat oʻrtasidagi aloqalar gaz va energetika, infratuzilma, avtomobilsozlik, toʻqimachilik, logistika, moliya kabi anʼanaviy hamkorlikdan AKT, 5G, sog’liqni saqlash, biosanoat kabi turli sohalarda kengayib borayotgan bo‘lib, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan koreys kompaniyalari soni kundan-kunga ortib bormoqda. Ikki davlat hozirda ta’minot zanjirlari, milliy mudofaa, sog’liqni saqlash, iqlim oʻzgarishi va ta’lim kabi sohalarda hamkorlik ufqlarini kengaytirmoqda.
Yaqinda Koreya hukumati Markaziy Osiyoga ixtisoslashtirilgan strategiya boʻlgan «Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo oʻrtasida K-Ipak yoʻli hamkorlik tashabbusi»ni e’lon qildi. Koreyaning ilg‘or texnologiyalari va raqamlashtirish sohasidagi imkoniyatlariga asoslangan hamkorlik hamrohlik, uygʻunlik va yaratuvchanlik tamoyillari asosida Koreya va Markaziy Osiyo erkin, tinch va farovon kelajak sari birgalikda harakat qilishi uchun Markaziy Osiyodagi yetakchi davlat bo‘lgan O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
Shuningdek, elchixonamiz O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan fuqarolarimiz xavfsizligini ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi.
Elchixonamiz hamisha mamlakatimizning milliy manfaatlari va xalqimiz huquqlarini himoya qiluvchi ochiq maydon va tinglovchi bo‘lib xizmat qilishga intiladi.
Rahmat.